O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev janoblariga !
Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Biz O‘zbekistonlik bo‘lmagan dunyo o‘zbeklari yoshlari sizga murojaat qilmoqdamiz!
O‘tmishimizdan ma’lumki, Oqposhsho va sovet bosqinining ayanchli davrlari, terror balosi, Afg‘oniston va Pokistondagi urushlar hozirda 50 milliondan ortiq bo‘lgan o‘zbek millatini har erga parchalab yubordi!
Bugunimizda O‘zbekistondan tashqarida 20 milliondan ortiq o‘zbek millatiga mansub insonlar yashamoqdalar.
Hurmatli Yurtboshi! Afg‘oniston va pokistonlik o‘zbeklarimizning ahvollari havas qiladigan darajada emas. O‘zingizga ma’lumki, Afg‘onistondagi va Pokistondagi terror balolari, urushlar Afg‘oniston va Pokiston o‘zbeklarini dunyo o‘zbeklaridan ancha vaqtga uzib qo‘ygandi .
Tangriga shukur, O‘zbekistonimiz ham erkinlikka erishishi bilan dunyo o‘zbeklariga yordam qo‘lini cho‘za boshladi. Xususan, Afg‘onistonda O‘zbekiston nomidan maktablar qurib berildi, Qirg‘izistonda esa sizning buyrug‘ingiz bilan O‘zbekiston hukumati O‘sh shahrida o‘zbeklarga maktab qurib bermoqda, biz bundan minnatdormiz.
Janob Yurtboshi. Shukur, oxirgi davrlarda dunyo o‘zbeklari bir-birlarini izlamoqdalar, qaytadan aloqalarni tiklamoqdalar.
Dunyo o‘zbeklarining yaqinlashishida, albatta, 1996 yili O‘zbekistonning birinchi Prezidenti tomonidan lotin alifbosi rasman qabul qilinishi asosiy rol o‘ynadi!
Biz lotin yozuvi orqali Otayurtimiz O‘zbekistonga qayta bog‘lana oldik!
Mana shu xayrli ish tufayli lotin alifbosi joriy bo‘lgandan keyin madaniy aloqalar O‘zbekistondan boshqariladigan onlayn-portallar va kutubxonalar tufayli qaytadan tiklandi. Afg‘onistondagi 10 millionga yaqin o‘zbeklarda va boshqa davlatdagi o‘zbeklarda til va o‘zlikni kuchaytirish uchun yangi umid tug‘ildi. Har kuni afg‘onistonlik yuzdan ortiq o‘zbeklar lotin alifbosi tufayli, o‘zlarining ona tiliga bo‘lgan cheksiz sevgisi va talabi tufayli mana shu onlayn-kutubxona va onlayn-portallardan foydalana boshladi.
Biz O‘zbekistonda tug‘ilmagan o‘zbeklar kuni kecha o‘zbekistonlik bir adabiyotshunos kirill yozuviga qaytaylik, degan ochiq xatni sizning qabulxonangizga yuborganini eshitib, haqiqatan, yana ma’naviy aloqamiz uziladi, degan xavotirga bordik.
Janob Prezident! Afg‘onistonda o‘zbek tili ta’lim tizimi 0 foizga tengligi sabab arab va fors tillariga qorishib, yo‘q bo‘lib ketish arafasida qolgan paytda biz lotin yozuvi bilan internet resurslari orqali O‘zbekiston va boshqa erlik o‘zbeklar bilan aloqani tikladik, tilimizni ham mana shu internet orqali qayta o‘rganmoqdamiz! Lotin yozuvidagi elektron kitoblar bilan buyuk ajdodlarimiz asarlarini o‘qib bormoqdamiz!
Shavkat Miromonovich, sizdan hurmat va adab ila istaymizki, lotin alifbosi O‘zbekistonda yagona yozuv bo‘lsin, dunyo o‘zbeklari ila O‘zbekiston o‘zbeklari orasidagi rishta uzilmasin!
Sizga taklif qilingan kirill yozuvini qaytadan O‘zbekistonda rasmiy yozuv qilish istagida bo‘lganlarga rad javobini berib, o‘zbekistonliklar va butun dunyo o‘zbeklariga qulay bo‘lgan o‘zbek lotin alifbosini yana qayta mukammal qilib yaratishingizni iltimos qilib qolamiz!
Hurmat bilan O‘zbekistonda tug‘ilmagan o‘zbek yoshlari:
Xayir Saljuqiy - Afg‘oniston
Bahrom Bahruddin Bahoiy - Afg‘oniston
Asadulloh Erkin - Afg‘oniston
Javlon Anvarov - Qirg‘iziston
Rahmonjonov Bahrom - Qirg‘iziston
Zikrillo Mirzaev - Qozog‘iston
Hamdam Hoshim - Afg‘oniston
Xolyor Aminxon - Afg‘oniston
Abdulhamid Pardaev - O‘zbekiston
Otabek Umar - O‘zbekiston
Hayir Muhammad Ulus - Pokiston
Nazarbek - Saudiya Arabistoni
Mohib Hamidiy - Afg‘oniston
Rozia Sharan - Afg‘oniston
Husamuddin To‘yg‘on - Afg‘oniston
Alim Ko‘hkan - Afg‘oniston
Nodir Hikmat Kuleli - Turkiya
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar