19:25 / 14.08.2017
9 958

Toshkent davlat texnika universitetida sirtqi bo‘lim ochildi. Hujjatlar 20 avgustgacha qabul qilinadi

Toshkent davlat texnika universitetida sirtqi bo‘lim ochildi. Hujjatlar 20 avgustgacha qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 25 iyuldagi 4-son qarori bilan Toshkent davlat texnika universitetida 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida masofaviy o‘qitish elementlarini qo‘llagan holda sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun qabulni amalga oshirishga rozilik bildirilgan, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Shu sababli universitet sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish istagini bildirgan fuqarolarni o‘qishga taklif etadi. Hujjatlar 2017 yil 20 avgustgacha qabul qilinadi.

Sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Rektor nomiga ariza;
  2. Oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikasiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);
  3. 3,5 x 4,5 santimetr hajmdagi 6 dona fotosurat;
  4. №086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  5. Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi;
  6. Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent davlat texnika universitetida sirtqi bo‘lim ochildi. Hujjatlar 20 avgustgacha qabul qilinadi