
Bugun, 16 avguust kuni Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya Qirg‘iziston Respublikasiga etib bordi. Ularni "Manas" aeroportida Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammadkaliy Abulgaziev va Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev kutib oldi. Bu haqda "O‘zbekiston 24"ga tayanib "Kun.uz" xabar qildi.
Xabar qilinishicha, bugun "Ala-Archa" davlat rezidensiyasida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev Abdulla Aripovni qabul qiladi. Shundan so‘ng Aripov qirg‘izistonlik hamkasbi Soorenbay Jeenbekov bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegasiyasi Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Ikki tomonlama hamkorlik va Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyalari majlislarida ishtirok etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar