O‘zbekiston Evropaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etkazib berish bo‘yicha navbatdagi shartnomalarni imzoladi

2015 yilning 2-5 sentyabr kunlari Latviya poytaxti Riga shahrida “Riga Food 2015” xalqaro qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Boltiqbo‘yidagi yirik meva-sabzavot mahsulotlari ko‘rgazmasida bu yili o‘zining 20 yilligini nishonlab, unda rekord darajadagi qatnashchilar — dunyoning 37 mamlakatidan 700 kompaniya ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik vakillar ham uchinchi yildirki, mazkur ko‘rgazmada 107 kv metrli milliy stendiga ega, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati korxonalari assosiasiyasi matbuot xizmati.
Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston tomonidan assosiasiyaning «AGROMIR» QK, «GREEN WORLD» QK, «MT Invest-Impeks» MChJ, «MASTER GLOBAL PLYUS» MChJ, «NATURAL JUICE» MChJ, «ASVEN DISTILLERIES» MChJ, «Momiq toy servis», «Renesans Dizayn» QK, «Shaxboz Shirin» QK, «GOLD DRIED FRUITS» MChJ singari a’zolari ishtirok etdi.
Ko‘rgazma davomida assosiasiya vakillari 20dan ziyod kompaniyalar bilan uchrashuv va muzokaralar olib borishdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra umumiy qiymati 1 280 ming evro yoki 1 434 ming dollarlik shartnomalar imzolandi. Ularning 300 ming evrosi yoki 336 ming dollari import mahsulotlaridir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing