O‘zbekiston tijorat banklarida hozircha naqd xorijiy valyuta sotuvga chiqarilgani yo‘q. Bunga sabab – boshqaruv organlari tomonidan ushbu sohada banklar faoliyatini yo‘lga qo‘yadigan yo‘riqnomalar chiqarishga ulgurmaganidir. Bu haqda Sputnik nashri ma’lum qildi.
Bank sohasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, aholiga naqd valyuta sotish yo‘riqnomalarini belgilaydigan hujjat yaqin kunlarda paydo bo‘lishi kerak.
«10 oktyabrgacha kerakli yo‘riqnomalarni olamiz va ularni amalga oshirishga kirishamiz. Ayni damda ushbu hujjat tayyorlanib Adliya vazirligi, Senat va Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqilmoqda», — dedi bank xodimi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sotish miqdorida cheklovlar va valyuta sotishga doir barcha tafsilotlar ushbu hujjat chiqqanidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, boroz oldin O‘zbekistonda 1 oktyabrdan boshlab jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun naqd valyuta sotib olish huquqi berilishi haqida e’lon qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi