date

Rossiya prezidenti 10 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi

Rossiya prezidenti 10 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin 10 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».

Bu haqda 8 dekabr kuni «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida ma’lum qilindi. Uchrashuv va muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiya Federasiyasi Federal Yig‘ilishi rahbari Valentina Matvienko ham yurtimizga rasmiy tashrif uyushtirgan, o‘shanda ikki mamlakatning savdo aloqalarini kuchaytirish masalalari hal qilingan edi.
Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekistonning tashqi savdodagi eng asosiy hamkori hisoblanib, tashvi savdoning 30 foizlik hajmi ruslar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Rossiya prezidenti Toshkentdagi tashrifi yakunlangach, Hindistonga jo‘nab ketishi haqida xabarlar mavjud.

foto: Kun
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiya prezidenti 10 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi