10:56 / 30.10.2017
7 286

Prezident yer usti halqa metrosini 2020 yilgacha foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Prezident yer usti halqa metrosini 2020 yilgacha foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Davlat rahbari 28 oktyabr kuni Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasini qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi, deb xabar qiladi O‘zA. Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihani rejadan bir yil oldin — 2020 yilgacha to‘liq foydalanishga topshirish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi, deb yozadi Uz24.uz sayti.

“Har tomonlama qulay, arzon va xavfsiz bo‘lgan mazkur transport tarmog‘i barpo etilishi poytaxtimiz uchun ulkan iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega”, dedi Shavkat Mirziyoyev. Mazkur loyihani amalga oshirishda aholi uchun qulay bo‘ladigan yechimlarga tayanildi. Natijada metroning boshqa yo‘nalishlari bilan oqilona bog‘lash orqali shahar transporti yuklamasini yengillashtirishga olib keladigan ushbu loyiha tanlandi.

Loyiha 2017-2021 yillar davomida besh bosqichda amalga oshirilishi mo‘ljallangan edi. Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro yo‘nalishining 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o‘tkaziladi, 1,6 kilometri yer ustida quriladi.

Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi quriladi. Uzunligi 11 kilometr bo‘lgan ushbu qismda sakkizta bekat bunyod etilishi mo‘ljallanmoqda.

Ikkinchi bosqich Qo‘yliq bozori bilan “Olmazor” bekatini bog‘laydi. Uchinchi bosqichda “Olmazor”dan “Beruniy” bekatigacha bo‘lgan qism barpo etiladi. Keyingi bosqichda inshoot “Beruniy”dan “Bodomzor” bekatigacha quriladi, so‘nggi bosqichda “Do‘stlik” bekatiga ulanadi.

Ayni paytda estakadalar uchun monolit usulda beton ustunlar quyish ishlari boshlandi. Qurilish “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident yer usti halqa metrosini 2020 yilgacha foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi