Bo‘lg‘usi yer usti halqa metro liniyasi harakat tarkibi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klubda «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruvi raisi o‘rinbosari, «Toshkent metropoliteni» korxonasi boshlig‘i Oybek Xudoyqulov ma’lum qildi.
Vagonlar Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodida ishlab chiqariladi. «Biz mazkur masalada ikki marta Rossiya zavodlariga tashrif buyurdik. Bizda yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqaruvchi zavod bor, biz o‘z ishlab chiqarishimizni yo‘lga qo‘yamiz», — dedi u.
Oybek Xudoyqulovning qo‘shimcha qilishicha, poytaxt yer osti metropolitenining eski vagonlari to‘liq restavratsiya qilinib, qayta jihozlandi va ularning yaroqlilik muddati yana 15 yilga uzaytirildi.
Toshkent metropoliteni bosh muhandisi Baxtiyor Sodiqov metroda metallodetektor romlari o‘rnatilishi rejasi to‘g‘risida so‘zlab berdi.
«Hozirda qanday romlarni sotib olishimiz bo‘yicha tanlov kechmoqda. Agarda e’tibor qaratgan bo‘lsangiz, „Bunyodkor“ stansiyasida romlarning ikki-uch turi o‘rnatilgan, ular tajriba sinovdan o‘tdi», — dedi u.
Yangi metro loyihasi bosh muhandisi Eduard Kan yer usti halqa liniyasi qurilishi oldidan chet el tajribasi o‘rganilganini ma’lum qildi.
«Bizning mutaxassislar Moskvaga borib, Butovo liniyasidagi shunday estakada ko‘rinishidagi metroni o‘rganishdi. Tajriba va texnologiyalar almashish uchun Xitoy mutaxassislari taklif qilindi va hozirda metromiz xorij loyihalaridan yomonroq emas, balki yaxshiroq bo‘lishi uchun jahonning zamonaviy texnologiyalari kengaytirilgan holda o‘rganilmoqda», — dedi u.
«Ko‘prikqurilish tresti» unitar korxonasi menejeri Zafar Mahamatov yangi metro tomonlari bo‘ylab harakat tarkibi harakatlanayotganda chiqadigan shovqin darajasini pasaytiruvchi 1,5 metrlik konstruksiya barpo etilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat yangi yer usti halqa metro yo‘nalishining 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o‘tkaziladi, 1,6 kilometri yer ustida quriladi. Loyihani 2020 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi