2018 yildan boshlab, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 5 foizni tashkil etishi haqida xabar qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kun.uz muxbiri yangilik ortidan paydo bo‘lgan savollarga javob izlash uchun mutasaddi vakillar bilan bog‘landi.
Mashina aksiz solig‘i stavkasi bungacha qancha edi?
O‘tgan 2017 yil boshida GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 29 foizga teng bo‘lgan. Shunday keyin, yilning yozida esa stavka 27 foizgacha tushirilgan, ya’ni aksiz solig‘i 2 foizga kamaytirildi. Ayni paytda uning miqdori 5,4 barobarga kamaytirilib, 5 foiz etib belgilangan. Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorda ma’lum qilingandi.
Mashina aksiz solig‘ining pasaytirilishi ishlab chiqarish narxiga ta’sir o‘tkazadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan savol ham ayni shudir. Ya’ni, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 27 foizdan 5 foizga tushirilishi yangi ishlab chiqariladigan avtomobil narxiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkinmi? Kun.uz muxbiri mutasaddi vakillar bilan suhbatlashib, barcha axborotlarni tahlil qilgach, shunday xulosaga paydo bo‘ldi: aksiz solig‘ining tushirilishi mashina narxiga ta’sir o‘tkazmaydi. Soddaroq qilib aytganda, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasining pasaytirilishi bilan jamiyat tomonidan ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan avtomobil narxi pasaymaydi.
Mashina aksiz solig‘ini pasaytirishdan maqsad nima?
2017 yil sentyabr oyi ilk kunlaridan boshlab, O‘zbekistonda xorijiy valyuta mablag‘larini liberallashuvi jarayoni boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Har bir sohada kuzatilgani kabi, GM Uzbekistan AJ mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun chet eldan keltirilishi zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari, xom-ashyo vositalarining narx siyosatida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan qiymatiga qarab o‘zgarib turadi. Taassufki, yengil avtomobil aksiz solig‘i 5 foiz etib belgilanishi valyuta liberallashuvi jarayonida milliy mashinasozlik korxonasini ziyonsiz saqlab qolish uchun qaratilgan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda, ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan yengil avtomobillarning yangilangan narxi oshirilmasdan, ularning aksiz solig‘i pasaytirilgan.
Havola etilgan ma’lumotlar rasman GM Uzbekistan AJ tomonidan tasdiqlanishi yoki e’lon qilinishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi