O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin ikki-uch yil ichida Markaziy Osiyodagi davlatlar ishtirokida Yevropa ittifoqidek davlatlar ittifoqini tuzish tashabbusi bilan chiqishi mumkin, degan fikrni bildirgan professor Ibrohim Usmanov.
Ibrohim Usmanov – bir necha yillar davomida Tojikiston prezidentining davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan siyosatchi va jurnalist.
Usmanovning ishonch bildirishicha, Mirziyoyev O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi norasmiy yetakchi davlat maqomini qaytarib oladi. U o‘z so‘zida, “O‘zbekiston o‘tgan asr 90-yillarining boshigacha mintaqadagi norasmiy yetakchi davlat edi, lekin Qozog‘iston bu maqomni tortib olgandi. Mirziyoyev mintaqada o‘z irodasini o‘tkazishga harakat qilmayapti, qo‘shnilar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish zarurligini juda yaxshi anglab turibdi”, deb ta’kidlagan.
Tojikistonlik siyosatchining ta’kidlashicha, so‘nggi bir yil ichida O‘zbekiston Prezidentining obro‘si mintaqadagi aholi o‘rtasida shunchalik darajada oshib ketdiki, unga har qanday siyosatchi ham havas qilsa arziydi.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosati natijasida mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch bir necha barobar oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi