
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 29 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -12 ... -10 daraja, kunduzi -4 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -20 ... -15 daraja, kunduzi -10 ... -5 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -15 ... -10 daraja, kunduzi -7 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -14 ... -9 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -12 ... -7 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -20 ... -15 daraja, kunduzi -11 ... -6 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -14 ... -9 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar