Joriy yil 1 fevraldan Prezident virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishga tushishi ma’lum qilindi. Xo‘sh, unda jismoniy va yuridik shaxslar uchun qanday yangi qulaylik va imkoniyatlar taqdim etilmoqda?
Fuqaro virtual qabulxonada o‘z shaxsiy kabinetini ochishi mumkin
Prezident virtual qabulxonasining yangi talqinida murojaatchi o‘z xohishiga ko‘ra, shaxsiy kabinet ochishi mumkin. Buning uchun jismoniy shaxs ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fuqarolik pasportida ko‘rsatilgan shaxsiy identifikatsiya raqamini ham kiritishi kerak. Bu – murojaat qiluvchi uchun identifikatsiyalash (elektron guvohnoma) imkoniyati bo‘lib, katta qulaylik yaratadi.
«Fuqarolarning shaxsiy kabineti» modulidan ko‘zlangan maqsad – fuqarolarga virtual qabulxona tizimida ishlashda maksimal qulaylik yaratish, muayyan shaxsning murojaati bilan bog‘liq barcha yozishmalarni bir joyda jamlashdan iborat.
Virtual qabulxona tizimida fuqarolar kiritgan ma’lumotlarda (ism-familiya, tug‘ilgan yili, yashash manzili va hokazo) turli xatoliklar uchrab turardi. Natijada, deylik, ayni bir shaxs yuborgan bir nechta murojaatlar tarixini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganishda qiyinliklarga duch kelinardi. Murojaatchi bilib-bilmay o‘zi haqidagi ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo‘l qo‘ysa, tizimda buni aniqlash mexanizmi mavjud emas edi.
Shu paytgacha har bir murojaatni topish uchun uning raqami, murojaatchining to‘liq ism-sharifi, manzili, mobil telefon raqamini bazaga kiritib izlash kerak edi. Murojaatchi uchun o‘zining barcha murojaatlari harakatini bir joyda ko‘rishning iloji yo‘q edi. Murojaatchilar esa bir masaladagi turli murojaatlari va ularga yo‘llangan javoblarni, odatda, qog‘ozga chop etilgan holatda saqlaydi. Bularning barchasi murojaatchilar uchun ham, murojaatlar bilan ishlashda ham noqulaylik, ortiqcha vaqt va kuch sarflashni taqozo qilib kelayotgan edi.
Shu paytgacha murojaatchilar yangi murojaat yuborishda personal ma’lumotlarni takroran kiritishi lozim edi. Endi murojaatchi o‘z shaxsiy kabinetiga kirib, personal ma’lumotlarni bir marta kiritsa, bo‘ldi – keyingi barcha amallarni bajarishda shu ma’lumotlar tizimga avtomatik yuklanib boraveradi. Murojaat yuborish uchun har safar personal ma’lumotlarni yangidan kiritishga zarurat qolmaydi.
O‘z navbatida ariza, shikoyat va takliflarning fuqarolar shaxsiy pasport ma’lumotlari bilan tasdiqlanishi murojaatchilar shaxsini aniqlash ishonchliligini ta’minlaydi. Shaxsiy kabinet orqali shaxsning davlat organlari bilan bo‘lib o‘tgan barcha yozishmalari (barcha murojaatlar va javob xatlari) bir joyda, qulay tartibda jamlanadi va kerakli murojaat javobini izlab topish osonlashadi.
Ko‘p beriladigan savollarga batafsil javoblar
Virtual qabulxonada «Ko‘p beriladigan savollar» bo‘limi tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad murojaatchiga o‘zini qiziqtirgan savolga rasmiy murojaat qilmasdan ham javob olish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Tahlillar fuqarolarimiz tomonidan muayyan soha yoki mavzu yuzasidan umumiy xarakterdagi huquqiy axborot va huquqiy maslahat olish uchun ham murojaat yuborish holatlari ko‘p ekanini ko‘rsatmoqda. Ular kerakli ma’lumotni olish uchun ma’lum muddat kutishiga to‘g‘ri kelgan, davlat organlari esa ayni bir mazmundagi javob talab qiluvchi ko‘p sonli murojaatlarga alohida javob yuborishga majbur bo‘layotgan edi.
Shu munosabat bilan fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish natijasida ko‘p berilgan savollar aniqlab olinib, ularning javoblari oddiy va tushunarli tilda ifodalanib, maxsus bo‘limda jamlandi. Bunda uy-joy, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik va bank faoliyati, ishlab chiqarish, sertifikatlash va litsenziyalash, veterinariya xizmatlari, soliqlar va jarimalar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari, transportga oid va huquqiy masalalar, ta’lim, fan va madaniyat, mehnat va aholi bandligi, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa turli masalalariga oid savollarga javoblar mavjud. Kerakli savolga javobni kalit so‘zlar yordamida izlab topish imkoniyati ham yaratilgan.
Maxsus statistika moduli orqali qaysi savollarning javobi eng ko‘p o‘qilganini tahlil qilish mumkin. Eng ko‘p tanishib chiqilgan mavzu avtomatik ravishda yuqori pog‘onaga ko‘tarilib boraveradi.
Yangi bo‘lim murojaatchini qiziqtirgan savol ko‘p beriladigan savollar sirasiga kirsa va uning javobi ma’lum bo‘lsa, uni murojaat yo‘llamasdan ham topish imkonini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi