«O‘zbekipaksanoat» uyushmasidan ma’lum qilishlaricha, ayni vaqtda tut bargidan choy ishlab chiqarish korxonasini qurish boshlandi. Dekabr oyida ushbu korxona ishga tushadi.
Umumiy qiymati 2 million dollarga baholangan bu loyiha xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Loyihaning 1 million dollari “O‘zsanoatqurilish” bankdan olingan kredit hisobidan qoplanadi. Qolgan qismini xitoylik choy ishlab chiqaruvchi tadbirkor mutaxassislar va uskuna olib kelish hisobidan qoplaydi.
— Bahorda bargining uchi, kuz mavsumida esa barglar butun yig‘ib olinadi, – deydi uyushma raisi B. Sharipov. – Nega bunday desangiz, biz bahorda 330 ming quti, kuzda esa 40 ming quti ipak qurti parvarishlashni mo‘ljallab turibmiz. Barcha fasllarda tut bargining hosili bir xil bo‘ladi. Lekin kuzda bahorga nisbatan qariyb 7 barobar pilla kam boqilgani uchun ana shuncha barg daraxtda qolib ketadi. 2019 yilda har gektar tutzordan 52.5 tonna tut bargi yig‘ib choy tayyorlash rejalashtirilgan. Ana shunda eksport hajmi 1.4 million dollar bo‘lishi kutilmoqda. Korxonada 50 ta doimiy va 1500 ta mavsumiy ish o‘rni yaratiladi.
Uyushma tomonidan tut barglari Xitoyga olib borilib, undan sinov tariqasida choy ishlab chiqarilgan edi.
Xo‘sh bunday choyning foydali xususiyatlari nimalardan iborat?
Labaratoriya sinovlarida bunday choyning tarkibida kofein va tanin moddasi odatdagi choyga nisbatan 200 barobar kam ekanligi aniqlandi. Tarkibidagi vitamin va minerallar esa aksincha ko‘p ekan. V1, V2, A, S vitaminlar, soch va tirnoq uchun foydali kalsiy bor. Undagi kalsiy moddasi tvorogdagidan ham ko‘proq ekani aniqlandi. U qandli diabetda, bosh og‘riganda, bosh aylanishida, yo‘talda, ko‘z shamollaganda foydali. Shuningdek, yurtimizda ko‘pchilikda qon bosimi baland yurishini hisobga olsak, ularga ham bu choy yaxshi foyda beradi.
Kelgusi yildan aholi salomatligi uchun koni foyda bo‘lgan ana shunday mahsulot ichki va tashqi bozorlarga yetkazib beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi