
22 fevral kuni Vladimir Putin Armaniston, Venesuela, Qozog‘iston, Qatar, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Belarus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va O‘zbekiston mudofaa vazirlari bilan uchrashdi. Bu haqda “KNews”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.
Uchrashuv Davlat Kreml saroyida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbir doirasida bo‘lib o‘tdi.
Vladimir Putin mudofaa idoralari rahbarlariga tadbirga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi va o‘z davlatlari xavfsizligini ta’minlashda muvaffaqiyatlar tilab qoldi.
Rossiya prezidenti mudofaa vazirlarini Rossiya mudofaa vazirligining faoliyati va Moskva bilan tanishishga taklif qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar