19:42 / 25.02.2018
6 842

O‘zbekistonda Rossiyaning beshta yetakchi oliygohi filiali ochiladi

O‘zbekistonda Rossiyaning beshta yetakchi oliygohi filiali ochiladi
O‘zbekistonda yaqin fursat ichida Rossiyaning beshta yetakchi oliy o‘quv yurti filiallari ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan hamkorlikda o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Komilovning so‘zlariga ko‘ra, madaniy-gumanitar soha ikki mamlakat hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

“O‘zbekistonda yaqin fursat ichida ”Moskva po‘lat va qotishmalar“ milliy tadqiqot texnologiya universiteti, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Moskva arxitektura universiteti, Rossiya texnologiya universiteti filiallarining ochilishi rejalashtirilgani ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi”, — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.

Abdulaziz Komilovning bildirishicha, bundan tashqari, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali kengayishi ko‘zda tutilmoqda, bu yerda amaliy matematika va informatika, psixologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura yo‘nalishlari joriy etiladi.

Avvalroq O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi vakillari Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali 2018 yilda dastlabki talabalarni qabul qilishini bildirgandi. U Olmaliqdagi litseylardan biri negizida faoliyat olib boradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Rossiyaning beshta yetakchi oliygohi filiali ochiladi