17:05 / 26.02.2018
4 559

O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda “xatarlar tahlili” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda “xatarlar tahlili” tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston hukumati tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda “xatarlar tahlili” tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasini e’lon qildi.

Hujjatda aytilishicha, O‘zbekistonning nazorat qiluvchi organlari tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda “xatarlarni tahlil qilish” tizimini joriy etadi.

Tizim tadbirkorlik subyektlari faoliyatining turlarini xavf toifalariga taqsimlaydi. Ularning asosida tadbirkorlarni tekshiruvlar jadvaliga kiritish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

Farmon loyihasida aytilishicha, xatar darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tekshiruvlardan ozod qilinadi.

Xatar darajasi past bo‘lgan guruhga hisobotini muntazam va ishonchli tarzda taqdim etuvchi, shuningdek, belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab boruvchi tadbirkorlik subyektlari kiritilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda “xatarlar tahlili” tizimi joriy etiladi