O‘zbekistonda yana bitta bayram kuni joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida ishchilar kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlisga taqdim etildi. Kecha, 6 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qonun loyihasi Parlament quyi palatasi deputatlari tomonidan tasdiqlandi.
Aholining barcha qatlamlari turmush darajasi va jamiyatimizdagi ijtimoiy muhit muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan uy-joy kommunal sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq. O‘zbekistonda kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy bozorni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Yaratilgan mustahkam me’yoriy-huquqiy bazaga muvofiq tarkibiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishning mutlaqo yangi tizimini shakllantirish imkonini berdi.
Hozirgi kunda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 157 mingdan ortiq xodimlar xizmat qilmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan sohada samaradorlikka erishish, fidoyi xodimlarning faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida — 18 aprel kunini — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni sifatida belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasi taklifini bildirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Aholining barcha qatlamlari turmush darajasi va jamiyatimizdagi ijtimoiy muhit muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan uy-joy kommunal sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq. O‘zbekistonda kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy bozorni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Yaratilgan mustahkam me’yoriy-huquqiy bazaga muvofiq tarkibiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishning mutlaqo yangi tizimini shakllantirish imkonini berdi.
Hozirgi kunda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 157 mingdan ortiq xodimlar xizmat qilmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan sohada samaradorlikka erishish, fidoyi xodimlarning faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida — 18 aprel kunini — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni sifatida belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasi taklifini bildirdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…