O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, O‘zbekistonda hafta oxiriga borib harorat keskin ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘ladi, 22-23 mart kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 24-25 mart kunlri yog‘ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxirida harorat 30 darajagacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22-23 mart kunlari 15-20 m/s tezlikda shamol esishi mumkin. Harorat 25-30 darajagacha issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22-23 mart kunlari shamol tezligi 15-20 m/sga yetishi mumkin. Dam olish kunlari harorat 33 darajagacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Hafta oxiriga borib harorat 33 darajagacha yetadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham o‘zgaruvchan ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu viloyatlarda 24-26 mart kunlari havo harorati 20-25 darajani tashkil etadi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 25 mart kuni 20-25 darajaga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?