5 848
O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib alohida bir davlat uchun erkin iqtisodiy zona tashkil etadi
O‘zbekiston dunyoda ilk marta alohida bir mamlakat uchun erkin iqtisodiy zona tashkil etadi. Bu haqda respublika Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov ma’lum qildi.
«Savdo-sanoat palatasi Chilonzor tumani hokimining nemis erkin iqtisodiy zonasi tuzish bo‘yicha taqdimotini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Aytish mumkinki, Jahon savdo tashkilotiga a’zo 193 mamlakat orasida bu alohida davlat uchun tashkil etilgan birinchi erkin iqtisodiy zonadir. Men o‘ylaymanki, germaniyalik investorlar buni munosib baholashadi», – degan Ikramov.
Nemis erkin iqtisodiy zonasini Toshkent shahridagi «Algoritm» majmuasi bazasi o‘rnida, 16 gektardan ortiq maydonda tashkil etish rejalashtirilgan.
Bosh vazir Abdulla Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bunday yagona sanoat zonasining paydo bo‘lishi Germaniya sarmoyalarini jalb qilishga va ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shimcha turtki beradi.
Shu kunlarda O‘zbekistonga Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng ko‘p sonli delegatsiyasi tashrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi