23:10 / 05.06.2018
5 359

Prezident: «Soliq tizimini tozalashga navbat keldi»

Президент: «Солиқ тизимини тозалашга навбат келди»
Bugun, 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident yig‘ilish chog‘ida soliq tizimidagi korrupsiyani tilga oldi.

«Soliq qo‘mitasi rahbariyatini ishdan olganimdan keyin ko‘p narsa ma’lum bo‘lyapti. Hamma ishga korrupsiya aralashgan. Andijondagi ishlar haqida ma’lumotlar bor. Viloyat soliq boshqarmasidagi rahbar nomiga o‘zgaravergan, haqiqiy korrupsion rahbar 11 yil o‘tirgan. Nima ish qilgan bo‘lsa qilgan. Toshkent shahrida ham shunday. Bu yerda o‘tirgan janob general nomiga bir odamni qo‘yib qo‘yavergan, odami korrupsiya ishlari bilan shug‘ullangan.

Soliq qo‘mitasida tizim yo‘q. Juda ko‘p ma’lumotlarimiz bor. Prokuraturani tozaladik, Milliy xavfsizlikni tozaladik, endi vaqt soati keldi, soliq tizimini tozalashga navbat keldi. Bu ishni qilmasak, odamlarni boqishimiz qiyin bo‘ladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ini ishdan oldim, soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosarini ishdan olib tashladim.

Soliq tizimida o‘zgarishlar qilamiz, katta tashkilotlardan soliq tushiriladigan alohida yo‘nalish bo‘ladi. Adolatni joyiga qo‘yish kerak.

Shunday qilamizki, Toshkentda qo‘shimcha 2 trln so‘m tushiramiz. Kalavani uchini topdik», degan prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident: «Soliq tizimini tozalashga navbat keldi»