
Ramazon Hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yilda Ramazon Hayitining birinchi kuni 15 iyun juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, 2018 yilning 15—17 iyun kunlari, ya’ni Ramazon Hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan, mutasaddi idoralarga Ramazon Hayitini joylarda o‘zbek xalqining milliy urf-odatlariga mos tarzda, tartibli va yuqori darajada o‘tkazish uchun zarur tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar