
O‘zdigromet ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning uchta shahrida meteorologik kuzatuvlar tarixida issiqlik darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etildi. Bu haqda «Hordiq» nashri xabar berdi.
9 iyul kuni Nukus shahrida +43, 6 daraja issiklik qayd etildi, bu 2010 yildagi ko‘rsatkichdan (+41,3) 2,3 daraja yuqori.
Urganch shahrida havo harorati +44,2 daraja issiq bo‘ldi, bu ham 2010 yildagi eng issiq havo ko‘rsatkichidan 2,7 daraja yuqoridir (+41,5).
Namanganda ham havo harorati rekord darajada ko‘tarilgan bo‘lib, +42,4 gacha issiq bo‘lgan. Bu 2015 yildagi ko‘rsatkichdan (+41,0) 2,4 daraja yuqori.
O‘zbekistonda havo haroratining ko‘tarilishi davom etmoqda. Ehtimol, bu rekord ko‘rsakichlar ham yangilanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar