
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 30 iyul kuni mamlakat bo‘ylab qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +18…+20, kunduzi +35…+37 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.
Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi +17…+22, kunduzi +31…+36 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +17…+22, kunduzi +32…+37 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi +18…+23, kunduzi +33…+38 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sni tashkil etadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20…+25, kunduzi +33…+38 darajagacha ko‘tariladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +18…+23, kunduzi +33…+38 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi +12…+17, kunduzi esa +22…+27 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar