O‘zbekistonda 2014 yil davomida 23ta fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshiriladi

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiyani iqtisod qiluvchi texnologiyalarni tatbiq etishga ko‘maklashish masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekistonda noan’anaviy resurslar, jumladan, quyosh energiyasidan keng foydalanishga yo‘naltirilgan zarur me’yoriy-huquqiy baza shakllantirilmoqda. Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda quyosh qurilmalari ishlab chiqaruvchi 20dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan «Eko-energiya» ilmiy-tatbiqiy markazi ham bu borada muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha umumiy quvvati 9,4 Kvt bo‘lgan 19 fotoelektr stansiya o‘rnatilib, ishga tushirildi. 2014 yil oxirigacha yana to‘rt stansiyani foydalanishga topshirish ko‘zda tutilmoqda.
Tadbirda muqobil energiya manbalarini joriy qilish va ulardan foydalanish ko‘nikmasini o‘rgatish bilan bog‘liq tajriba loyihalarini amalga oshirish masalasi yuzasidan fikr almashildi, takliflar bildirildi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing