Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi bayoniga muvofiq respublika oliy taʼlim muassasalariga 2018/2019 oʻquv yilida bakalavriat va magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini toʻlash muddati 2018 yilning 30 sentyabriga qadar uzaytirildi. Bu haqda Kun.uz Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Maʼlumot uchun, mahalliy oliygohda belgilangan toʻlov-kontrakti bir yil uchun oʻrtacha 8,2 million soʻmdan boshlab 12 million atrofida toʻxtaydi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida esa bu raqam 18-22 million atrofida belgilangan.
Shuningdek, kirish imtihonlarida oʻqishdan yiqilgan abituriyentlar oʻqishni super-kontrakti arzonroq OTMga koʻchirishi mumkin. Unga koʻra, test sinovlari natijasi boʻyicha yetarli ball toʻplamagan va oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga oshirilgan toʻlov-kontraktning miqdori (barobari) kam boʻlgan taʼlim yoʻnalishini tanlash imkoniyati berildi. Bunda, abituriyent test topshirgan fanlar majmuasining (fan bloklarining oʻrni) mosligi hamda uning doimiy yashash joyi va hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasasi joylashgan hudud mezon sifatida belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi