
Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan maʼlumotga koʻra, ertaga, 1 oktyabr kuni mamlakat boʻylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +12…+14, kunduzi +28…+30 daraja boʻladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.
Fargʻona vodiysida havo biroz bulutli boʻlib, kechasi +10…+15, kunduzi +25…+30 daraja boʻlishi kutilmoqda. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi +10…+15, kunduzi +25…+30 daraja boʻlib, havo oʻzgarib turadi, 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +12…+17, kunduzi +27…+32 darajagacha koʻtariladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida havo harorati kechasi +10…+15, kunduzi +25…+30 daraja boʻladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi.
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi +8…+13, kunduzi esa +14…+19 daraja boʻladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esib, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar