06:30 / 16.10.2018
3 463

Shavkat Mirziyoyev AES qurilishi boʻyicha Rossiya bilan bitimni tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev AES qurilishi boʻyicha Rossiya bilan bitimni tasdiqladi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 oktyabrdagi qarori bilan Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston hududida atom elektrostansiyasi qurishda hamkorlik haqidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Hujjat 7 sentyabrda Moskvada ikki mamlakat bosh vazirlari tomonidan iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 19-yigʻilishi yakunida imzolangan edi.

Bitim AESni loyihalashtirish va qurish boʻyicha hamkorlikni koʻzda tutadi. AES Rossiya loyihasi asosidagi har birining quvvati 1,2 gigavattga teng boʻlgan ikkita energoblokni oʻz ichiga oladi.

AES qurilishi uchun Navoiy va Buxoro viloyatlari oʻrtasidagi Toʻdakoʻl koʻlining atrofidagi hudud tanlangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18—19 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev AES qurilishi boʻyicha Rossiya bilan bitimni tasdiqladi