O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda Rossiyaning “Dnevnik.ru” kompaniyasi umumta’lim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshiradilar.
“Dnevnik.ru” – Rossiyada mashhur onlayn platforma bo‘lib, u maktablar bilan hamkorlikda bolalarning o‘zlashtirish natijalarini, davomatini va boshqa ko‘rsatkichlarini onlayn tarzda nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “Dnevnik.ru”ning O‘zbekistondagi vakili – “Kundalik” kompaniyasi barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishini ma’lum qildi.
“Kundalik” raqamli ta’lim platformasi Rossiya maktablarida joriy etilgan “Dnevnik.ru” axborot tizimi asosida ishlab chiqiladi.
Tizim onlayn tarzda o‘qituvchilarni darslarni rejalashtirish, dars jadvallarini tuzish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnal va kundaliklarda qayd etib borish, o‘quvchilarning ota-onalariga 24 soat davomida baholar va uy vazifalari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish, shuningdek, ta’lim boshqaruv organlari va muassasalarga statistik hisobotlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Shu bilan birga, ular himoyalangan ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishlari hamda onlayn kutubxona va ta’limga oid media resurslardan foydalanishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi