date
views 3 965

Toshkentda yana bir xalqaro universitet filiali ochiladi

Toshkentda yana bir xalqaro universitet filiali ochiladi
Hindistondagi “Amity University” xususiy universiteti rektori Atul Chauxan boshchiligidagi delegatsiya 17-19 noyabr kunlari tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi.

OʻzA xabariga koʻra, tashrif doirasida mamlakatda “Amity University” universiteti filialini tashkil etish masalalari yuzasidan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mehmonlar Toshkent shahridagi Inha hamda Vestminster universitetlarida boʻlib, mazkur oliy taʼlim dargohlarida yaratilgan sharoit, yurtimizda taʼlim tizimini isloh qilish borasidagi intilishlarning ijobiy samaralari bilan yaqindan tanishadi.

Hindiston delegatsiyasi aʼzolari, shuningdek, 19 noyabr kuni poytaxtda boʻlib oʻtadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiyaviy forumda ham ishtirok etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda yana bir xalqaro universitet filiali ochiladi
-->