Foto: TIV axborot xizmati
2018 yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Ulug‘bek Maqsudov Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga o‘z ishonch yorliqlarini topshirdi.
TIV xabariga ko‘ra, Ar-Riyod shahridagi al-Yamama podshohlik saroyida tashkil etilgan tantanali marosimdan so‘ng podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan suhbat bo‘lib o‘tgan.
Davlat rahbari O‘zbekiston Saudiya Arabistoni uchun mintaqadagi do‘stona, ishonchli va istiqbolli sherik ekanligini ta’kidladi hamda uning mamlakati Saudiya – O‘zbekiston munosabatlarini tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Podshoh O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining chuqur ehtiromini yetkazib qo‘yishni so‘radi va mamlakat rahbarini o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi