Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni (PF-5594, 12.12.18 y.) qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, farmon bilan Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi negizida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi.
Qo‘mita Hukumatning Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
Farmonga muvofiq:
radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, istirohat bog‘lari attraksionlarini ekspluatatsiya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
atom energiyasidan foydalanish sohasini litsenziyalash qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Qo‘mita Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi