O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy raqobatchisi Qozog‘iston, u Latviya yoki boshqa davlat bo‘la olmaydi. Chunki, mintaqada yaratilgan sharoitga raqobatbardosh bo‘lish O‘zbekistonning asosiy vazifasi, deb hisoblaydi Toshkent shahar hokimi v.b., senator Jahongir Ortiqxo‘jayev. U bu haqda Senatning XVII yalpi majlisida gapirib o‘tgan.
Ortiqxo‘jayevga ko‘ra, mamlakatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan soliq islohotlarining Latviya, Vengriya yoki Fransiya soliq tizimidan ustunligini sanash barcha uchun manfaatli emas.
«Sarmoyador Markaziy Osiyoga kirib kelganda, mintaqadagi bozorga qaraydi. U O‘zbekiston va Qozog‘istondan birini tanlaydi. Sarmoyadorlar uchun kurashda bizning asosiy raqobatchimiz - Qozog‘iston. Bu borada Qozog‘istonga nisbatan ustunligimiz bormi?», - deydi hokim.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda isloh etilayotgan soliq tizimida daromad solig‘i 12 foiz, QQS miqdori esa 20 foiz etib belgilanmoqda. Shuningdek, Qozog‘istonda bu raqamlar mos ravishda 10 va 12 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, sarmoyadorlarni faqat past ko‘rsatkichdagi soliq stavkalari bilan jalb etib bo‘lmaydi. Bu jarayonga ta’sir etuvchi boshqa omillar ham mavjud.
«QQS, asosan, importga nisbatan qo‘llanadi. Bu esa ichki bozorda raqobatbardosh muhitni yaratish uchun sharoit yaratadi», - deydi u.
Moliya vaziri xorijiy sarmoyadorlar uchun ishlab chiqarish sharoiti, eksportga imkon va xom-ashyo resurslarining mavjudligi jarayonga ta’sir etuvchi omillar sifatida sanagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?