2018-yilning 13 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 7-raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Litva tashqi ishlar vitse-vaziri Darius Skusevichus boshchiligidagi delegatsiyalar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari, turli ko‘p tomonlama shakllarda, jumladan O‘zbekiston - Yevropa ittifoqi shaklidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar va dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashdilar.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda O‘zbekiston - Litva muloqotini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli asosda aloqalarni o‘rnatishdan manfaatdorlik tasdiqlandi.
Uchrashuvda o‘zaro savdo-sotiqning ijobiy dinamikasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, joriy yilning 10 oyi davomida tovar aylanmasi 2017 yilning shu davriga nisbatan 10 foizga oshdi. Shu bilan birga, innovatsiya, transport va logistika, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati, qishloq xo‘jaligi sektori kabi iqtisodiyot sohalarida mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanilmaganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya, Qishloq xo‘jaligi sohasidagi qo‘shma ishchi guruhi majlislari va boshqa tadbirlarni 2019 yilda o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston tomoni Litva vakillariga kelgusi yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo: yangi imkoniyatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish taklifi bilan chiqdi.
Maslahatlashuvlarda Litva elchisi Remigiyus Motuzas ishtirok etdi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi