15:00 / 15.12.2018
4 896

Yakshanba kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi
Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, 16 dekabr kuni havo o‘zgarib turadi, harorat biroz pasayadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Tuman bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat kechasi +3...+5, kunduzi +5...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yomg‘ir, qor yog‘adi, harorat kechasi -8...+2, kunduzi -3...+2 darajaga yetadi.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida yomg‘ir va qor yog‘adi, harorat kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat kechasi +2...+7, kunduzi +5...+10 darajagacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kutilmaydi, -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yakshanba kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi