4 774
Mirziyoyev: "Mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q"
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi quriladigan hududga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari markazni pardozlash va jihozlashni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston tarixi davrlar bo‘yicha, har bir asr, har bir allomaga oid manbalar va ashyolar asosida namoyish etilishi zarurligini ta’kidladi.
Prezident qurilish jarayoni bilan tanishdi. Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston tarixi davrlar bo‘yicha, har bir asr, har bir allomaga oid manbalar va ashyolar asosida namoyish etilishi zarurligini ta’kidladi.
“Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lishi, katta ma’naviyat olib ketishi zarur”, - dedi Mirziyoyev.
Prezident joriy yil 15 iyun kuni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi quriladigan hududga tashrif buyurib, uning poydevoriga tamal toshi qo‘ygan edi. Bugungi kunda bino konstruksiyalari qad ko‘tarib, qurilish ishlari jadal davom etmoqda.
Uch qavatli markaz qadimiy madrasalar uslubida quriladi. Binoning simmetrik markaziga Usmon Qur’oni qo‘yiladi. Ikkinchi qavatda kutubxona, anjumanlar va ko‘rgazma zallari bo‘ladi. Uchinchi qavat axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va boshqa xonalarni o‘z ichiga oladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi