12:48 / 22.12.2018
4 774

Mirziyoyev: "Mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q"

Mirziyoyev: "Mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q"
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi quriladigan hududga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari markazni pardozlash va jihozlashni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston tarixi davrlar bo‘yicha, har bir asr, har bir allomaga oid manbalar va ashyolar asosida namoyish etilishi zarurligini ta’kidladi.

Prezident qurilish jarayoni bilan tanishdi. Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston tarixi davrlar bo‘yicha, har bir asr, har bir allomaga oid manbalar va ashyolar asosida namoyish etilishi zarurligini ta’kidladi.

“Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lishi, katta ma’naviyat olib ketishi zarur”, - dedi Mirziyoyev.

Prezident joriy yil 15 iyun kuni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi quriladigan hududga tashrif buyurib, uning poydevoriga tamal toshi qo‘ygan edi. Bugungi kunda bino konstruksiyalari qad ko‘tarib, qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Uch qavatli markaz qadimiy madrasalar uslubida quriladi. Binoning simmetrik markaziga Usmon Qur’oni qo‘yiladi. Ikkinchi qavatda kutubxona, anjumanlar va ko‘rgazma zallari bo‘ladi. Uchinchi qavat axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va boshqa xonalarni o‘z ichiga oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev: "Mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q"