
Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 23 dekabr kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -2…0, kunduzi +3…+5 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutiladi.
Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi -5…0, kunduzi 0…+5 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -5…0, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetib, qor aralash yomg‘ir yog‘adi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -5…0, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Surxondaryo va Qashqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 0…+5, kunduzi +2…+7 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -13…-8, kunduzi -6…-1 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sni tashkil etib, tuman tushadi.
Qamchiq dovoni va Chimyonda havo harorati kechasi -7…-2, kunduzi -5…0 daraja bo‘ladi. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, qor yog‘adi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar