22:14 / 05.01.2019
4 114

O‘zbekistonda yangi viza turlari joriy qilindi

O‘zbekistonda yangi viza turlari joriy qilindi
O‘zbekiston Prezidentining turizmni tezkor rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, quyidagi yangi viza turlari joriy qilinadi:

1. «Vatandosh» – Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan kishilar va ularning oilalari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblangan qarindoshlari tomonidan taklifnoma bo‘lgan holatlarda beriluvchi ikki yillik viza.

2. «Studentvisa» – O‘zbekiston hududida joylashgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy talabalarga beriluvchi bir yillik viza, Respublikadagi ta’lim vazirliklari, idoralari va tashkilotlari murojaatiga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

3. «Academicvisa» – O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan xorijliklar uchun 3 oydan 2 yilgacha muddatga beriladigan viza, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari murojaatiga ko‘ra beriladi.

4. «Medicalvisa» – O‘zbekistonga davolash-profilaktika muassasalari taklifiga binoan tashrif buyuruvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun 3 oygacha muddat uchun beriladigan viza.

5. «Piligrimvisa» – sayyohlik faoliyati sub’ektlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita so‘roviga ko‘ra xorijiy fuqarolarga O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma’naviy merosi va an’analarini o‘rganish uchun 2 oygacha bo‘lgan muddat uchun beriluvchi ziyorat vizasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yangi viza turlari joriy qilindi