O‘zbekiston sayyohlar uchun xatar darajasi past bo‘lgan kam sonli mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi. Bundan International SOS global xatar bo‘yicha tashkilot mutaxassislarining Control Risks bilan hamkorlikda tayyorlagan interaktiv xaritasi darak bermoqda, deb yozadi «Kun.uz».
Mutaxassislar xatarning turli jihatlarini, shu jumladan, tibbiy, umumiy va harakatlanish xavfsizligini ko‘rib chiqib, ularni besh balldan baholadilar. Xatar darajasini aniqlash uchun qo‘llangan mezonlar har bir toifaga qarab o‘zgargan va batafsil izohlangan.
Tibbiy xavfsizlikda yuqumli kasallik xavfi, tibbiy yordam, atrof-muhit, dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Umumiy xatar terrorchilar, isyon, ijtimoiy norozilik, tabiiy ofatlarni hisobga oldi. Harakatlanish xavfsizligi, mos ravishda, sayohat paytida jarohat olish xavfini nazarda tutadi.
Ekspertlar O‘zbekistondagi umumiy xatarni «past» sifatida baholashdi (Farg‘ona vodiysi bundan mustasno — u yerda xatar darajasi baland ko‘rsatilgan). Taqqoslash uchun, Rossiya va Qozog‘istonning butun hududi o‘rtacha xatar darajasiga ega joy sifatida baholanmoqda.
Finlyandiya, Norvegiya, Shveysariya, Islandiya va boshqa bir necha mamlakat bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega — u yerda xatar katta emas. G‘arbiy Yevropaning qolgan qismi, shuningdek, AQSh va Avstraliyada ham xatar darajasi O‘zbekistonning aksariyat qismidagi kabi «past». Pokiston, Checheniston, Misr va boshqa mamlakatlarda yuqori xatar darajasi mavjud. Xatarning ekstremal darajasi Suriya, Iroq, Afg‘oniston va Donetskda.
Tibbiy havfsizlik masalasi bo‘yicha — bunda O‘zbekistonning barcha hududi yuqori darajadagi xatarga ega joylar ro‘yxatiga kiritildi. Rossiya va Qozog‘istonda u tez rivojlanayotgan o‘zgaruvchan, Afg‘onistonda — juda yuqori, G‘arbiy Yevropa, AQSh va Avstraliyada — past, Sharqiy Yevropada — o‘rta daraja.
Harakatlanish xavfsizligi borasida O‘zbekiston past xatarga ega mamlakatlar ro‘yxatidan joy oldi (AQSh va Portugaliya kabi). Qozog‘istonda xatar juda yuqori, Rossiya, Qirg‘iziston hamda Tojikistonda — yuqori, Turkmaniston va Sharqiy Yevropada — mo‘’tadil, G‘arbiy Yevropa va Kanadada — juda past. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi