00:05 / 02.02.2019
10 122

O‘zbekistonning ba’zi hududlarida ob-havo -17 darajagacha pasayadi

O‘zbekistonning ba’zi hududlarida ob-havo -17 darajagacha pasayadi
Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-6 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Yakshanba kuni Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 fevral kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 fevral kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 fevralda esa -7…-12 daraja bo‘ladi. 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda -2...-7 daraja bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. 3 va 6 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5 fevral kuni esa qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 fevralda esa -7…-12 daraja bo‘ladi. 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda -2...-7 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi 0…-7, kunduzi +2…+7, 5-6 fevral kunlari kechasi -9…-17, kunduzi -3…-10 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5 fevral kuni esa qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 fevral kuni kechasi -3…+2, kunduzi +10…+15, 4 fevralda kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi. 5-6 fevral kunlari kechasi -7…-12, kunduzi -2…-7 darajani tashkil qiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5 fevral kuni esa qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi 0…+5, 5-6 fevral kunlari 5…-10, 3 fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda 0…-5 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-4 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 5-6 fevral kunlari ayrim joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 fevral kuni kechasi 0…+5, 4-6 fevral kunlari 3…-8, 3-4 fevral kunlari kunduzi +10…+15, 5-6 fevralda 0…-5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi -3…+2, kunduzi 0…+5, 5-6 fevral kunlari kechasi -13…-18, kunduzi -10…-15 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning ba’zi hududlarida ob-havo -17 darajagacha pasayadi