12:38 / 13.02.2019
4 868

Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021 yildan boshlab joriy etiladi

Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021 yildan boshlab joriy etiladi
O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021 yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Dasturga ko‘ra, “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- 2021 yildan boshlab, majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
- majburiy tibbiy sug‘urta tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish;
- sog‘liqni saqlash ehtiyoji uchun ajratilayotgan pul mablag‘larini jamlash va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish;
- “har bir to‘liq davolangan holat” hisobidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish;
- tibbiy sug‘urta dasturlarini amalga oshirishga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini keng jalb etish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 iyul, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 avgust.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021 yildan boshlab joriy etiladi