
Joriy yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni Podshohligining farmatsevtikaga ixtisoslashtirilgan “Bashair al-Dava” kompaniyasi raisi Mazen al-Bashir hamda ushbu kompaniya kuzatuv kengashi aʼzosi shayx Muhammad al-Bashir Xorazm viloyatida boʻldi, deb xabar berdi “Xalq soʻzi onlayn”.
Xabarda aytilishicha, ushbu kompaniya Oʻzbekistonda farmatsevtika korxonasini qurishni rejalashtirmoqda.
“Yurtingizda ushbu soha rivojiga alohida eʼtibor qaratilyapti. Biz zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ish boshlaymiz. Shuningdek, talabalar uchun treninglar tashkil qilib, ularning tajribasini oshirish masalasini koʻrib chiqmoqdamiz”, — degan “Bashair al-Dava” kompaniyasi raisi Mazen al-Bashir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar