date
views 3 330

O‘zbekiston davlat boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishda BAA tajribasini qo‘llaydi

O‘zbekiston davlat boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishda BAA tajribasini qo‘llaydi
Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruv organlari va ta’lim muassasalari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi "Davlat boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish" hukumatlararo dasturining ishchi guruhlarining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi, deya xabar beradi Kun.uz nashri.

Tashrifdan asosiy maqsad - BAAning davlat boshqaruvi tizimini yaratishga doir tajribasini o‘rganish va kelgusida O‘zbekistonda muqobil konsepsiya joriy qilish, ishchi guruhlarning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazish, turli yo‘nalishlar bo‘yicha 2019-2020 yillar uchun "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mart oyidagi BAAga tashrifi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Tashrif davomida tomonlar "Davlat boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish" qo‘shma dasturi tashabbusini muvofiqlashtirishdi, may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan seminar esa Dasturning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, hukumatni modernizatsiya qilish mamlakatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi va xalqaro tajriba uning samaradorligini oshirishga yordam beradi.

5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha direktori Sh. Jo‘raboyev Dubayda BAAning vazirlar mahkamasi va kelgusidagi ishlari bo‘yicha vaziri M. Al-Gergaviy bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida Al-Gergaviy sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiyot va boshqa sohalarda amaliy natijalarga erishish uchun tomonlar bir jamoa bo‘lib ishlari muhim ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining BAAga tashrifi hukumatning davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishidan dalolat beradi.

BAA vazirining so‘zlariga ko‘ra, hukumat faoliyatini rivojlantirishda yuqori samaradorlikni ta’minlash BAAning ishonchli kelajakni ta’minlashdagi sa’y-harakatlarining muhim qismi hisoblanadi. BAA tomon yangi ish modellarini ishlab chiqish va joriy qilishga oid muvaffaqiyatli tajribasi bilan bajonidil bo‘lishishini ma’lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston davlat boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishda BAA tajribasini qo‘llaydi