date
views 2 805

Amerikalik professor hamyurtlarining O‘zbekistonga sayohat qilishiga xalaqit berayotgan omillarni aytdi

Amerikalik professor hamyurtlarining O‘zbekistonga sayohat qilishiga xalaqit berayotgan omillarni aytdi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro anjuman ishtirokchilari anjuman kun tartibiga qo‘yilgan masalalarga doir fikr-mulohazalari hamda yurtimiz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Mark Rozenbaum, Janubiy Karolina universiteti professori (AQSh):

– Turizmdagi xizmat ko‘rsatish sohasi talab darajasida emasligi, aeroportning o‘zidayoq VISA kartalaridan to‘lovlarni amalga oshirish muammo ekanligi, Wi-fi hududlarning juda kamligi, Internet tezligi pastligi AQSh fuqarolarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishga rag‘batlantirmaydi. Bu mening shaxsiy kuzatuvlarim, yana ayrim mayda detallar borki, ularga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Amerikalik professor hamyurtlarining O‘zbekistonga sayohat qilishiga xalaqit berayotgan omillarni aytdi