Toshkentda 3 ta iPhone uchun to‘langan 3 ming dollar qalbaki bo‘lib chiqdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda, fuqaro A.X.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, chet el fuqarosi A.V. fuqaro A.X.dan xarid qilgan 3 dona iPhone XS Max rusumli uyali aloqa telefon apparatlari uchun bergan 3025 AQSh dollaridan 3000 AQSh dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: Daryo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing