11:03 / 14.07.2019
5 539

Kosondagi «lotok» va «masjid gumbazi»ni eslatuvchi bekatlar: Kulishingni ham, kuyishingni ham bilmaysan! (foto)

Kosondagi «lotok» va «masjid gumbazi»ni eslatuvchi bekatlar: Kulishingni ham, kuyishingni ham bilmaysan! (foto)
Kameramiz ob’ektiviga Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi bekatlarning holati muhrlandi.
Eng qizig‘i, bu bekatlarni namunali deb bo‘lmaydi.Chunki ularning ayrimlari «masjid gumbazi»ni eslatadi.


Har 10 qadamda uchrab turadigan bu bekatlar odamlarning so‘zlariga ko‘ra, shu atrofdagi aholiga qulaylik yaratish uchun o‘tgan asrda qurilgan. Ammo so‘nggi yillarda bekatlarga e’tibor umuman qaratilmagan. Natijada ular ko‘rimsiz va ta’mirtalab holga kelib qolgan.

Bekatlar ichida ustiga «lotok» (beton ariq) o‘rnatib qo‘yilganini ham uchratasiz. O‘sha davrdagi bu «innovatsiya» afsuski, hozirda eskirgan va ko‘zga ancha yoqimsizdek ko‘rinadi.

Koson – Muborak – Buxoro avtoyo‘lidan hokimlar, rahbarlar va mutasaddilar tez-tez o‘tib turishadi.

Qiziq, ular bu «antiqa» bekatlarga bir nazar tashlab qo‘yishmasmikan? Siz nima deysiz?
Doniyor Oripov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kosondagi «lotok» va «masjid gumbazi»ni eslatuvchi bekatlar: Kulishingni ham, kuyishingni ham bilmaysan! (foto)