date

«Telegraph» nashri Nukus shahrini g‘ayriodatiy sayyohlik yo‘nalishlarining o‘ntaligiga kiritdi

«Telegraph» nashri Nukus shahrini g‘ayriodatiy sayyohlik yo‘nalishlarining o‘ntaligiga kiritdi

Britaniyada chop etiladigan «Telegraph» nashri g‘ayriodatiy sayyohlik yo‘nalishlarining o‘ntaligini tuzdi. Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahri ham bu o‘ntalikdan joy oldi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashriga asoslanib «Kun.uz» ma’lum qilmoqda.

Nukusni ta’riflashda asosiy urg‘u Igor Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat san’at muzeyiga qaratilgan. Ro‘yxatni tuzuvchilar «Saviskiy kolleksiyasi»ni «tengsiz durdona» deb atashgan.

«Man etilgan san’at muzeyi sifatida tanilgan bu muzey o‘zida XX asr rus avangard rassomlik san’atining etakchi kolleksiyasini namoyon etadi», deb ta’rif beriladi muzeyga.

Muzey direktori Marinika Babanazarova «gazeta.uz»ga bergan sharhida xorijiy sayyohlar orasida Nukus va Saviskiy muzeyining ommaviylashib borayotgani haqida aytib o‘tdi.

«Nukus O‘zbekistonda Buxoro, Samarqand va Xivadan keyin keyin ommaviylashuv bo‘yicha to‘rtinchi o‘rindagi sayyohlik yo‘nalishiga aylandi», deb qo‘shimcha qildi muzey rahbari.

Dunyo OAVlari Saviskiy muzeyiga ko‘p marotabalab e’tiborlarini qaratganlar, misol uchun, «Guardian» nashri bu muzeyni «dunyodagi eng ajoyib muzeylardan biri» deb atagan, «New York Times» nashri esa, uni dunyoning g‘ayriodatiy sayyohlik ob’ektlari ro‘yxatiga kiritgan.

Bugungi kunda bu muzeyning yangi majmuasi qurilishi ishlari olib borilmoqda. Muzey rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu yangi majmua uning ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shadi.

«Telegraph» nashri taklif etgan g‘ayriodatiy sayyohlik yo‘nalishlari orasida yana Janubiy Sudandagi memoriy obidalar, Shimoliy Sudandagi Meroe qadimiy shahri, Eronning Mashhad shahri, Gruziyadagi Kaxetiya, Hindistonda joylashgan Kanxa yo‘lbarslar makoni, Yamanga qarashli Sokotra oroli, Hindistondagi yana bir Zanskar obidalari, Rossiyaning Kamchatka yarimoroli va Argentinadagi etti rangli Cerro de los Siete Colores tog‘lari joy olgan.

Foto: gazeta.uz / kun
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Telegraph» nashri Nukus shahrini g‘ayriodatiy sayyohlik yo‘nalishlarining o‘ntaligiga kiritdi