Foto: Prezident matbuot xizmati
«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–578-son, 01.11.2019 y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qonunga muvofiq, to‘lov tizimi to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir.
To‘lov xizmati to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta tarzidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston hududida to‘lovlar quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
- naqd pul mablag‘larini o‘tkazish;
- elektron pullarni o‘tkazish;
- pul mablag‘larini to‘lov vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish;
- pul majburiyatini yoki pul mablag‘larini to‘lash to‘g‘risidagi farmoyishni o‘z ichiga olgan to‘lov hujjatini berish;
- elektron to‘lov vositalaridan foydalanish.
Shuningdek, Qonunga ko‘ra, bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchini bank kartasi yo‘qolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bilan ta’minlashi shart.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?