26 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi qurilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko‘rdi va shu yerning o‘zida yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar hamda yosh ijodkorlar bilan muloqot qildi.
Prezident muloqot davomida Oliy Majlisga bo‘ladigan murojaatnomasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
«Parlamentga qiladigan murojaatimiz tayyor bo‘lgan. Yangi parlament saylanishi bilan, nasib bo‘lsa, yanvar oyi o‘rtalarida bu tadbirni ham o‘tkazamiz», — deydi prezident.
An’ana bo‘yicha, O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga qiladigan murojaatida yil nomi ham taklif qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, 150 deputatlik parlamentga 125 deputat saylandi, 5 yanvar kuni 25ta saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi