Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonga haqiqiy qish kirdi. Mamlakat hududiga Kavkaz rayonlaridan kirgan sovuq antisiklon butun respublikaga, shimoliy viloyatlar va cho‘l zonasidan tashqari, yog‘ingarchilik olib keldi. Yomg‘ir ko‘rinishida boshlangan yog‘inlar qorga aylandi. Yakshanba kuni kechqurun va o‘tgan tunda ayniqsa kuchli yog‘ingarchilik bo‘ldi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, dushanba kuni tongga kelib tekislik hududlarida mavsumdagi birinchi qor qoplami hosil bo‘ldi. Qorning balandligi ayrim joylarda 10-13 sm.ni tashkil qildi.
Bugun kunning birinchi yarmida respublikaning katta qismida kuchsiz qor yog‘ishi davom etdi. Kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilikning to‘xtashi kutilmoqda faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda qor kun davomida yog‘adi.
Ertadan haftaning oxirigacha ob-havo antisiklonning sovuq muhitiga qarab belgilanadi. U hududlarda sovuq va quruq ob-havoni ta’minlaydi. Faqat O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘ishi mumkin.
Shu kunlarda havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi, bu yanvar oyi o‘rtalaridagi normadan 3-5 darajaga past. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi